Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
DTM keyingi yil kirish imtihonlarida foydalaniladigan darsliklar ro‘yxatini e'lon qildi
Davlat test markazi tomonidan abituriyentlar uchun tavsiyaviy darsliklar ro‘yxati e'lon qilindi.
2020-2021 o‘quv yilida umumta'lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar maktablarida qo‘llanilayotgan darslik va o‘quv-metodik qo‘llanmalar ro‘yxati Davlat test markazining rasmiy veb-saytiga joylashtirildi.
«Adabiyotlar ro‘yxati Davlat test markazining Xalq ta'limi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirliklariga qilgan murojaatiga javoban mazkur vazirliklardan kelgan xatlar asosida shakllantirilgan», deb yozmoqda Davlat test markazi.
Darsliklar ro‘yxatini har bir fan bo‘yicha alohida shaklda fan va tilni tanlagan holda yuklab olish mumkin. Darsliklarning elektron formatini esa Xalq ta'lim vazirligining Axborot-ta'lim portalidan yuklab olish imkoniyati mavjud.
Mavzuga oid
17:41 / 11.02.2026
2026 yilgi test imtihonlarida topshiriladigan fanlar majmuasi tasdiqlandi
18:25 / 13.01.2026
Harbiy xizmatni o‘taganlarga foizsiz ta’lim krediti beriladi
19:58 / 30.12.2025
Oliy ta’limda kontrakt to‘lash muddati 31 yanvarga qadar uzaytirildi
09:44 / 26.11.2025