Jahon | 23:40 / 20.09.2017
8500
2 daqiqa o‘qiladi

O‘nlab davlatlar yadroviy qurolni taqiqlash to‘g‘risidagi kelishuvni imzoladi

Foto: Anadolu

Iyul oyida 122 ta davlat tomondan qo‘llab-quvvatlangan Yadro qurolining taqiqlanishi haqidagi xalqaro kelishuv BMTning Nyu-Yorkdagi bosh qarorgohida imzolandi.

50dan ortiq davlat Shimoliy Koreyaning yadro va raketa sinovlari sababli keskinlik avj olgan bir paytda ushbu hujjatni imzoladi. Shu bilan birga AQSh, Buyuk Britaniya, Fransiya va boshqa davlatlar bunga qarshi chiqishdi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi. 

Kelishuvning maqsadi sifatida butun dunyoda yadro quroli taqiqlanishi ko‘rsatilgan bo‘lsa-da, hujjatda uni imzolagan davlatlar tomonidan qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilsa, sanksiyalar qo‘llanishi nazarda tutilmagan.

Yadro quroliga ega bo‘lmagan davlatlar va nohuqumat tashkilotlari bu kelishuvni yadro qurolini to‘liq yo‘q qilishdagi muhim qadam deb atashdi.

Ushbu kelishuv uni 50ta davlat ratifikatsiya qilgandan 90 kun o‘tib kuchga kiradi.

"Bugungi kunda 15 mingga yaqin yadro o‘q-dorisi mavjud va biz bu dahshatli qurolga bizning dunyo va kelajagimizga tahdid qilishiga yo‘l qo‘ya olmaymiz", deb aytgan BMT bosh kotibi Antoniu Guterresh.

Kelishuv iyulda Rossiya, AQSh, Buyuk Britaniya, Fransiya va boshqa bir qator davlatlar ishtirok etmagan bir necha oylik muzokaralardan keyin 122 ta davlat tomondan qabul qilingandi. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid