Jamiyat | 17:54 / 10.05.2016
4201
2 daqiqa o‘qiladi

Battlefield 1 treyleri YouTube’da eng ko‘p layk to‘pladi

Harbiy o‘yin hisoblanuvchi Battlefield 1ning ilk treyleri YouTube’da eng ko‘p tomosha qilingan promorolik maqomini qo‘lga kiritdi. Hozirda rolikni ko‘rgan 1,17 mln.dan ortiq kishi "menga yoqdi" tugmasini bosgan. 

6 may, juma kuni e'lon qilingan lavhani qisqa muddat ichida 22 mln. martadan ko‘proq tomosha qilishgan. Qayd etish joizki, Battlefield’ning bosh raqobatchisi Call of Duty’ning navbatdagi seriyasi atigi 286 ming "like" (yoqdi)ka nisbatan 1,5 mln.ga yaqin "dislike" (yoqmadi) tugmasiga ega bo‘lgan edi. 

Battlefield otishmasining yangi qismi birinchi jahon urushi davriga qaytgan. Biroq ishlab chiqaruvchilar o‘yinda o‘sha davrning real voqealari yoxud voqealar rivojining muqobil ko‘rinishi aks etganmi, bunga oydinlik kiritishmagan. Unda, odatdagidek, server vositasida bir vaqtning o‘zida 64 kishi o‘ynashiga imkon beruvchi multipleyer ham bor. Bundan tashqari, o‘yin grafikasi ham yaxshilangan. 

Battlefield 1ning Xbox One, shaxsiy kompyuter va PlayStation 4 uchun versiyalari 2016 yil 21 oktabrida sotuvga chiqariladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish