O‘zbekiston | 17:02 / 27.07.2015
18053
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda qadog‘ida SSSR yozuvi bitilgan muzqaymoq ishlab chiqarilmoqda

Toshkent shahri Olmazor tumanida “Ice and gold” korxonasi ishlab chiqarayotgan “Plombir” va “Odnoklassniki” muzqaymoqlari qadog‘ida SSSR yozuvini ko‘rish mumkin. Bu haqda “Hurriyat” nashrida yozilgan.

Tegishli maqolada bildirilishicha, muzqaymoq qog‘oziga alvon pilotka va qizil galstuk bog‘lagan pioner qiz hamda qo‘sh o‘roq-bolg‘a ko‘tarib borayotgan yigit-qiz suratlari tushirilgan.

Qadoqda “Narkompishcheprom SSSR”, “Glavxladoprom”, “OTK”, “GOST” kabi eski tuzumga xos iboralar ham borligini ko‘rish mumkin.

“Bugungi kunda o‘zbek farzandlariga qo‘sh o‘roq-bolg‘aga o‘xshagan havoyi ramzlarni tiqishtirishdan maqsad nima?.. Siz nimani qo‘msayapsiz? Eski zamonlarni qo‘msab, yuragingiz yonyaptimi?” – deya ishlab chiqaruvchilarni savolga tutadi maqola muallifi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish