Jamiyat | 15:25 / 30.07.2015
13026
2 daqiqa o‘qiladi

Homilador Kseniya Borodina Dubrovka buyum bozorida kamera obektivlariga tushib qoldi

Rossiyalik taniqli Kseniya Borodinani Moskvaning mashhur qalbaki kiyimlar bozorida suratga olishdi.
Dubrovka buyum bozorida ko‘plab mashhur shaxslar xaridlarni amalga oshirishi bir necha bor ma'lum qilingan edi. Ular jamoat oldida hashamatli liboslarda chiqishi lozim, ammo daromadlari qimmatbaho butiklardan xarid qilish imkonini bermaydi. Mana shunday holatlarda ular Dubrovkaga yo‘l olishadi – u yerda eng mashhur brendlar ostida qalbaki kiyim-kechak sotiladi.

Reytingi yuqori “Dom-2” teleshousining boshlovchisi Kseniya Borodina ham ushbu bozor xizmatlariga murojaat etib turishi ma'lum bo‘ldi. U Instagramdagi sahifasida eng oxirgi modadagi liboslarda tushgan suratlarini joylashtirib borishni ma'qul ko‘radi. Ammo paparatsi tomonidan olingan ushbu suratda uning “barchasi 1.5 mingdan” degan yozuv ostidagi kiyimlarni ko‘rib chiqayotgani ko‘rinib turibdi.

32 yoshli teleyulduz bozor aylanishga 28 yoshli dugonasi, teleboshlovchi Katya Juja bilan birgalikda yo‘l olgan. U homilador ekanligi shundoq ko‘rinib turganiga qaramay, oxirgi rusumdagi Chanel qo‘lbola redikyullarini ko‘rib chiqayotgani qayd qilindi. Kseniyaning yelkasidagi Hermes Kelly sumkasining originali 8 ming yevro turadi.
Aytilishicha, dugonalar homilador ayollar uchun qulayliklarga ega bo‘lmagan ushbu bozorda qariyb uch soat aylanganlar.

Super nashrining aniqlashicha, Borodina 2 ming rublga trikotaj ko‘ylak sotib olgan. Bundan tashqari, 35 rublga bir o‘ram soch to‘g‘nag‘ichlari sotib olgan.
Xaridlardan so‘ng dugonalar mashinaga minib, yo‘lga chiqishdi. Bozordan ancha uzoqlashgach, nihoyat Borodina Instagramdagi obunachilariga quvonchli xabarni yetkazdi: “Shopingdan qaytmoqdamiz!”. Geolokatsiyada esa GUM Shopping center markazini ko‘rsatdi.