Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xiaomi Windows 10’da ishlaydigan Mi Pad planshetini taqdim etadi
Xiaomi kompaniyasi Windows 10 tizimida ishlovchi, yangi Mi Pad planshetini yaqin kunlar ichida ommaga taqdim etishni rejalashtirmoqda. Yangi planshet, Xiaomi tomonidan ilgariroq sotuvga chiqarilgan boshqa planshetlar kabi, chiroyli dizayn, yuqori sifat va arzon narxga ega bo‘lishi kutilmoqda.
Hozirda ushbu planshet Windows’ning aynan qaysi turi bilan ishlashi ma'lum emas. Aniqroq qilib aytganda, qurilma personal kompyuterlar uchun yaratilgan to‘laqonli Windows 10’da, yoki mobil telefonlar uchun maxsus ishlab chiqilgan Windows 10 Mobile tizimi bazasida ishlashi mumkin.
Allnokia.ru tarqatgan xabarga ko‘ra, ushbu planshet 16-avgustda rasman namoyish etiladi.