Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy kemalari Janubiy Koreyada cho‘kkan paromni chiqarib olishga yetib keldi
Janubiy Koreyaning suv ostiga g‘arq bo‘lgan “Sevol” paromini chiqarib olishda yordam berish uchun voqea joyiga Xitoyning ikkita kemasi yuborildi, deb xabar beradi Ryonxap agentligi.
“Sevol” 2014 yilning 16 aprel kuni Chindo oroli yaqinida cho‘kib ketgan edi. Uning bortidagi 300dan ortiq odam halok bo‘lgan edi. Joriy yilning aprelida Koreya Xitoy kompaniyalari konsorsiumi bilan parom korpusini suv ostidan chiqarib olish bo‘yicha 72.5 mln dollarlik shartnoma imzolagan edi.
Xitoyning 12 ming tonna sig‘imli “Dali” kranli kemasi hamda 450 tonna sig‘imli “Xuaxe” buksiri ayni paytda Chindo oroli yaqinida turibdi. Kema bortidagi 150 kishi keyingi ikki oy mobaynida kerakli axborotni to‘plab boradi, shuningdek, halok bo‘lganlarning tanalarini oqim olib ketmasligi uchun atrofni to‘r bilan o‘raydi.
Parom bortida asosan 15-19 yoshdagi maktab o‘quvchilari bor edi. Ulardan 9 nafari haligacha dom-daraksiz yo‘qolgan deb hisoblanmoqda. Parom Chedjudo kurort oroliga ketayotganda halokatga uchragan edi.