Jamiyat | 16:26 / 18.08.2015
3219
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda koreys qo‘shiqlarining eng yaxshi ijrosi tanlovi bo‘lib o‘tadi

21 avgust kuni Janubiy Koreyaning O‘zbekistondagi elchixonasi Toshkentdagi “Turkiston” san'at saroyida IV Koreys qo‘shiqlarining eng yaxshi ijrosi tanlovini o‘tkazadi.

Gran-pri g‘olibi K-POP WORLD FESTIVAL-2015 tanlovida qatnashish huquqini qo‘lga kiritadi. Agar uning nomzodi professional mutaxassislardan iborat komissiya tomonidan ma'qullangan va yetarli internet-ovoz to‘plasa, 2015 yil 18 oktabr kuni Koreyada o‘tkazilishi rejalashtirilgan tanlovning final ishtirokchisi bo‘ladi.

Ma'lumot uchun, 2013 yili bo‘lib o‘tgan Koreys qo‘shiqlari tanlovida “Aladdin” guruhi yutib chiqqan va Koreyaning Changvon shahridagi K-POP WORLD FESTIVAL-2013 festivalida birinchi o‘rinni egallagan edi.

Qayd etilishicha, tanlov doirasida lotereya o‘yini hamda Koreyaning diqqatga sazovor maskanlari mavzusini qamrab olgan suratlar ko‘rgazmasi ham tashkil etiladi.