Jamiyat | 08:11 / 20.08.2015
3705
2 daqiqa o‘qiladi

Internetga egasi bilan o‘ynashni yaxshi ko‘radigan kichik toychoq videolari joylashtirildi

Barcha kichik o‘lchamdagi toychoqlar o‘zlarining shijoatlari va do‘stona ochiqliklari bilan ajralib turadilar. Biroq videoda tasvirlangan bu kichkintoy o‘zining boshqa “og‘a-inilaridan” ko‘ra odamlar bilan o‘ynashni afzal ko‘radi.

Bored Panda nashrining yozishicha, Semmi laqabli toychoq Buyuk Britaniyadagi fermada dunyoga kelgan. Videoda u bor-yo‘g‘i 3 kunlik bo‘lsada, biroq katta otlarga o‘xshab chopa olishini ko‘rish mumkin.

"Bu kichkina jonzot o‘zidan qancha baxtni tarayotganiga qarang. U ferma egasi Sterling ketidan yugurib yurishni xush ko‘radi.
Semmi hali bolakay, biroq u ulg‘ayganda ham kichkinaligicha qoladi: mini-otlar kamdan-kam holda yag‘rinigacha bir metrgacha balandlikka yeta oladi", deyiladi xabarda.

Bu ot zot turi XІX asrning oxirida, Buyuk Britaniyada konlarda bolalar mehnati taqiqlangandan va ularning o‘rnini bosa oluvchi shunday kichik ishchilar qidirishga to‘g‘ri kelgandan keyin chiqarilgan. Hozir otlar xayriyatki shaxtalarda mehnat qilmaydilar, ular uy hayvonlari sifatida ko‘paytiriladi.

Semmining asosiy vazifasi quvnab, atrofdagilarni o‘zining quvonchi bilan xushnud qilishdan iborat. Semmi o‘zining kichik yoshiga qaramasdan bu vazifasini a'lo darajada bajarmoqda.

Video thumbnail
{Yii::t(}
O'tkazib yuborish 6s