Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yelena Isinbayeva IAAF sportchilar komissiyasi tarkibiga kirish uchun 712 ovoz to‘pladi
Langarcho‘pda sakrash bo‘yicha ikki karra olimpiada chempioni rossiyalik Yelena Isinbayeva Xalqaro yengil atletika assotsiatsiyasi (IAAF)ning sportchilar komissiyasi tarkibiga kirdi. Bu haqda TASS ma'lum qildi.
Rossiyalik sportchi 712ta ovoz to‘pladi. Tanlangan atletlar vakolati 2016 yilning 1 yanvaridan kuchga kiradi.
IAAFning sportchilar komissiyasidagi olti o‘ringa 16 kishining nomzodi ilgari surildi. Isinbayevadan tashqari yangi zellandiyalik yadro irg‘ituvchi Valeri Adams (837 ovoz), qatarlik balandlikka sakrovchi Mutaz Essa Barshim (743 ovoz), norvegiyalik nayza irg‘ituvchi Andreas Torkildsen (639 ovoz), shvetsiyalik uch hatlab sakrovchi Kristian Olsson (599 ovoz) va yaponiyalik bosqon irg‘ituvchi Kodzi Murofushi (536 ovoz) ham saylandi.
Isinbayeva bungacha Pekindagi jahon chempionatida mehmon sifatida ishtirok etmasligini 2016 yilda Braziliyada bo‘lib o‘tadigan Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik rejasiga o‘zgartish kiritmaslik istagida ekani bilan izohlagan edi.