Jahon | 07:47 / 31.08.2015
5598
1 daqiqa o‘qiladi

Obama Shimoliy Amerikaning eng baland tog‘ining tarixiy nomlanishini qaytaradigan bo‘ldi

AQSh prezidenti Shimoliy Amerika qit'asining eng baland tog‘ining nomlanishini asl holiga qaytaradigan bo‘ldi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

Alyaskadagi Mak-Kinli tog‘iga uning hindular tilidagi tarixiy nomi Denali qaytariladigan bo‘ldi. Qayd etilishicha, tog‘ga asl nomining qaytarilishi borasida muzokaralar 40 yil davom etgan. Denali mahalliy atabaski hindulari tilida “Buyuk” degan ma'noni bildiradi.

Tog‘ 1896 yilda respublikachi Uilyam Mak-Kinli AQSh prezidenti etib saylanganda uning nomiga o‘zgartirilgan edi. 1975 yildan Alyaska shtati o‘z xaritalariga tog‘ning asl nomlanishini kiritgan edi, biroq hozirgacha federal hukumat bu qarorni qabul qilishdan bosh tortib kelgan.

Obama tog‘ga o‘zining asl nomi qaytarilishini Alyaskaga uch kunlik tashrifi davomida e'lon qiladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish