Jamiyat | 08:34 / 03.09.2015
2168
1 daqiqa o‘qiladi

Navoiyda “Navja bobo” jome masjidining yangi binosi quriladi

Navoiy viloyati Xatirchi tumanidagi “Navja bobo” jome masjidining yangi binosini qurish ishlari boshlab yuborildi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasining xabar berishicha, mazkur inshootning dastlabki g‘ishti 24 avgust kuni qo‘yildi.

Bundan avvalroq O‘zbekiston musulmonlari idorasi poytaxtning Mirzo Ulug‘bek tumanida ham yangi masjid binosi qurilishi tashabbusi bilan chiqqan edi. Ayni paytda tuman ma'muriyatida yer uchastkasini ajratish masalasi ko‘rib chiqilmoqda. Yangi masjid qurilishi joriy 2015 yildan boshlanadi.