Jamiyat | 15:03 / 03.09.2015
4942
2 daqiqa o‘qiladi

Bredli Kuper Irina Sheykning qo‘lini so‘radi

G‘arb matbuotida tarqalgan xabarlarga ko‘ra, Gollivud aktyori Bredli Kuper rossiyalik modeler Irina Sheykdan o‘ziga turmushga chiqishini so‘radi.

Wday.ru nashrining ma'lum qilishicha, Irina Sheyk aktyorning taklifiga rozilik bildirgan va to‘yga tayyorgarlikni boshlab yuborgan.

Shuningdek, ushbu juftlik tez vaqt ichida Nyu-Yorkdan uy sotib olishni rejalashtirgani, Bredlining agenti ularga to‘g‘ri keladigan variantlarni ko‘rib chiqayotgani aytilgan.

Bredli va Irinaning o‘zi esa bu ma'lumotlarga hech qanday manosabat bildirmagan.

"Agar bu ma'lumotlar tasdiqlansa, Gollivud o‘zining yana bir bo‘ydoq aktyoridan ayriladi", deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Kuper va Sheyk uchrashayotgani haqida dastlab shu yilning aprel oyida mish-mishlar ularni myuziklga birgalikda kelishganidan keyin tarqala boshlagan, biroz o‘tib esa paparatstsi ularning birgalikdagi birinchi suratini tushirishga olishga muvaffaq bo‘lgan edi.

Yozda esa bu juftlikning munosabatlari jiddiyligi ma'lum qilingandi.