Jahon | 12:13 / 04.09.2015
7209
2 daqiqa o‘qiladi

Bred Pitt va DiKaprio Kaliningrad gubernatorining saylovoldi promo-roligida “suratga tushdilar”

Bred Pitt, Krishtianu Ronaldu, Kichik Robert Dauni, Bryus Uillis, Vin Dizel va boshqa ko‘plab jahon yulduzlari o‘zlari bilmagan holda Kaliningrad gubernatori Nikolay Tsukanovning saylovoldi piar-kompaniyasida paydo bo‘ldilar.

Yaqinda Nikolay Tsukanovning YouTube’dagi akkauntida yuqoridagi sanab o‘tilgan yulduzlar uning bo‘lg‘usi saylovlardagi nomzodini “qo‘llab-quvvatlaganlari” aks etgan videorolik paydo bo‘ldi.
”Hozir men “To‘xtatib bo‘lmaslar-4” (Neuderjimyye-4”) filmini suratga olmoqdaman. Bu filmda olishuv, portlash, poygalar bo‘lmaydi. Biz shunchaki Nikolay Nikolayevich viloyatni taraqqiy ettirayotgani haqida film suratga olmoqdamiz”, deb aytmoqda videoda Silvestr Stallone.

Kichik Dauni esa uning “Temir odam” filmidagi qahramoni obrazi aynan gubernator obrazidan olinganini “ta'kidlamoqda”, DiKaprio esa uning “minus”larini aytib, “U paytda ham menga “Oskar” berishmadi”, deb xafa bo‘lib gapiradi.
Bu yerda siyosatchining yumoriga qoyil qolmasdan iloji yo‘q, biroq yuqorida nomlari keltirilgan yulduzlar o‘zlarining promo-rolikdagi “ishtiroklaridan” voqif bo‘lsalar, bundan xursand bo‘lishlari dargumon bo‘lsa kerak.