Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Uddalab bo‘lmas topshiriq: Qalloblar qabilasi” filmi 500 mln dollar jamladi
Tom Kruz ishtirokidagi “Uddalab bo‘lmas topshiriq: qalloblar qabilasi” (Mission: Impossible - Rogue Nation) filmi dunyo kinoteatrlarida 500 mln dollardan ziyod mablag‘ jamladi. Bu haqda Paramount Pictures kinokompaniyasi xabar berdi.
Mazkur kartina “Uddalab bo‘lmas topshiriq” film-franshizlari ichida eng ko‘p daromad keltirdi. Ungacha “Uddalab bo‘lmas topshiriq-3” filmi 397,8 mln dollar foyda keltirgan bo‘lsa, “Uddalab bo‘lmas topshiriq-4” esa film ijodkorlariga 457,7 mln dollarlik daromad olib keldi.
“Uddalab bo‘lmas topshiriq” franshizlari to‘plagan umumiy mablag‘ esa 2,605 mlrd dollarni tashkil etadi. Ushbu ko‘rsatkich bilan u shu turdagi jahon filmlari ro‘yxatida 17-o‘rinni band etdi. Mazkur ro‘yxatni Marvel (Marvel Cinematic Universe) franshizi 12ta film bilan 8,945 mlrd dollar jamg‘arib yetakchilik qilib kelmoqda.