O‘zbekiston | 23:38 / 07.09.2015
8372
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda madaniyat va san'at atamalari izohli lug‘ati yaratildi

2015 yil 28 avgustda Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Madaniyat va san'at atamalarining izohli lug‘ati” nomli yangi kitob taqdimoti bo‘lib o‘tdi. 

Kitob G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi tomonidan chop etilgan. Tadbirni Milliy kutubxona direktori Asadjon Xo‘jayev ochib berdi. Taqdimotni O‘zbekiston davlat sanat va madaniyat instituti prorektori Go‘zal Xoliqulova olib bordi.
Uchrashuv davomida sotsiologiya fanlari doktori, professor Abdusalom Umarov, sotsiologiya fanlari doktori, professor Mansur Bekmurodov, olim Abdulla A'zamov, G‘afur G‘ulom nomidagi NMIU bosh muharriri Ilhom Zoirov nutq so‘zladilar.

Taqdimot davomida yangi nashrning bir qator yo‘nalishlar, jumladan yoshlarning madaniy-
aqliy salohiyatini oshirishdagi muhim o‘ringa egaligi ta'kidlab o‘tildi.