Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Al-Qoida” nishon sifatida Baffetni, Geytsni va Blumbergni tanladi
“Al-Qoida” terrorchi guruhi tomonidan nashr etiladigan Inspire jurnalining yangi soni huquq-tartibot organlarining xavotiriga sabab bo‘lmoqda. Undan taniqli amerikalik biznesmenlarga hujum qilish chaqiruvlari o‘rin oldi.
NBC News bergan ma'lumotga ko‘ra, boshqa “nishon”lar qatoriga Microsoft asoschisi Bill Geyts, milliarderlar Uorren Baffet, Charlz va Devid Kox, Nyu-Yorkning sobiq hokimi Maykl Blumberglar kirgan.
Nashrda aytilishicha, tadbirkorlar AQSh banklaridagi hisoblaridan mablag‘ni yechib olib, ularni mamlakat tashqarisiga investitsiya qilsa, ro‘yxatdan o‘chirilishi mumkin. Shuningdek, ulardan Isroilni qo‘llab-quvvatlashga qarshi chiqish talab qilinmoqda.
9 sentabr kuni “Al-Qoida” AQSh boshchiligidagi koalitsiyaga qarshi kurashda IShIDga yordam berishini ma'lum qildi.
Tashkilot rahbari Aymana az-Zavohiriy Iroq va Suriyadagi jangarilar IShIDga ko‘mak berishini, ammo bu ikki tashkilot birlashmasligini aytdi.
Inspire jurnali 2010 yildan beri chiqariladi. Jurnal ingliz tillidir. Ilgari u “Oyingning oshxonasida bomba yasa” nomli maqolasi bilan ko‘p shovshuvlarga sabab bo‘lgan edi.