O‘zbekiston | 18:42 / 16.09.2015
2912
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbek Milliy akademik drama teatri 101-mavsumini ochdi

O‘zbek Milliy akademik drama teatri bir asrlik faoliyatiga yakun yasab, ikkinchi asrga qadam qo‘ydi. O‘zining 101-mavsumini teatr jamoasi katta tantana bilan ochib berdi.
Teatr zaliga taklif qilingan mehmonlar musiqa sadolari ostida kutib olindi.

Ularga “Teatr bu...” nomli qo‘shiq sadosi ostida teatrning tarixidan darak beruvchi video namoyish etildi. So‘ng sahnaga teatr aktyorlari chiqib kelib, o‘z tiliklarini bildirishdi. Jamoa nomidan so‘zga chiqqan O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Fathulla Mas'udov mavsumni ochiq deb e'lon qildi.

“101 yil aytishga oson. Lekin mana shu yillar o‘z ichiga necha-necha buyuk aktyorlar bedor o‘tkazgan tunlarning, mashaqqatli kunlarning zahmini qamrab olgan. Mukofot sifatida esa millionlab muxlislarning tili va dilidan joy olishgan, - dedi O‘zbekiston xalq artisti Erkin Komilov “Darakchi” nashriga bergan intervyusida.

– Tibbiyot, fan, adabiyot, sanoat, qishloq xo‘jaligi – umuman barcha jabhalarda zamon qahramoni bor. Ularning siymosini yaratish ham qarz, ham farzimiz”.