Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sardor Rashidov “Al Jayish” tarkibidagi ilk golini nishonladi
18 sentabr kuni Qatar Yulduzlar Ligasida 2-tur uchrashuvlari o‘tkazildi.
Tur doirasidan o‘rin olgan o‘yinlardan biri “Al Jayish“ va “Al Sayliya“ jamoalari o‘rtasida kechdi. Unda o‘yin davomida katta ustunlikka ega bo‘lgan mezbonlar yirik 4:0 hisobida g‘alabaga erishdi.
Ushbu o‘yinni ilk daqiqalardan asosiy tarkibda boshlagan o‘zbekistonlik Sardor Rashidov Qatar Yulduzlar Ligasidagi ilk golini urishga muvaffaq bo‘ldi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi mazkur o‘yinning 10-daqiqasida jarima maydoni tashqarisida turib raqib darvozasini ishg‘ol etdi va o‘zining Qatar chempionatidagi gollari hisobini ochdi. Sardor uchrashuvning ikkinchi bo‘limida Muhammad Jidoga o‘z o‘rnini bo‘shatib berdi.
Al Jayish – Al Sayliya 4:0
Gollar: Sardor Rashidov (10), Abdulrazzoq Hamdulloh (36, 51), Romario (81)
Al Jayish: Halifa Abubakr Ndiaye, Vesam Riziq, Murod Naji, Lukas Mendes, Yosir Abubakr Iso, Abdulrazzoq Hamdulloh (Majid Muhammad), Sardor Rashidov (Muhammad Jido), Otman Al Yaxri, Abdulrahmon Muhammad, Holdi Abdulrauf, Romario Silva.