Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Katta Meyvezer: Mening o‘g‘lim barcha rekordlarni yangiladi va uning yana ringga chiqishiga hech qanday hojat qolmadi
AQShlik mashhur bokschi Kichik Floyd Meyvezerning otasi va ustozi uning o‘g‘li barcha yetakchi bokschilarni mag‘lub qilganini aytdi.
“Floyd barcha zo‘rlarni yengdi. Va u endi nima qilishi kerak? Ringga qaytib yana bir marta ularni yengishi kerakmi? Yo‘q, boks buni yoqtirmaydi. Mening o‘g‘lim barcha rekordlarni yangiladi va uning yana ringga chiqishiga hech qanday hojat qolmadi. Agar buni uning o‘zi istamasa.
Men uning o‘rniga qaror qabul qila olmayman, biroq nimani istasam shuni ayta olaman. U katta erkak va uning o‘rnida bo‘lganimda boshqa qaytmasdim, chunki isbotlaydigan hech narsa qolmadi. Bugun boksda hamma ko‘proq pul ishlab olishni istaydi, Floyd buni qoyilmaqom amalga oshirdi. Odamlar nima deyishi ahamiyatsiz. Agar sen urshishni istasang, unda shunday qil”, deb aytdi bokschining otasi Katta Floyd Meyvezer.