Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jamiyat | 09:30 / 22.09.2015
3391
1 daqiqa o‘qiladi
Germaniyada 91 yoshli ayol Osventsimdagi qotilliklarda ayblanmoqda
Germaniya tergovchilari 91 yoshli ayolni Osventsim konslagerida 260 ming kishining o‘ldirilishiga aloqadorlikda ayblamoqda, deb xabar beradi The Guardian nashri.
Shlezvig-Golshtayn tergov idoralari vakili Xaynts Doylelning bayon qilishicha, ayblanuvchi konslagerda 1944 yilning aprel-iyul oylarida radiooperator bo‘lib ishlagan.
U Aushvits-Birkenau o‘lim lageridagi insoniyatga qarshi jinoyatlarda ishtirok etganlikda ayblanmoqda. Sud hokimiyati, uning yoshiga qaramay, ayol sudda qatnasha oladi degan xulosaga keldi.