O‘zbekiston | 17:29 / 22.09.2015
2504
1 daqiqa o‘qiladi

2016 yilda “O‘zbekneftegaz” ishlab chiqarish hajmini 849.8 foizga o‘stiradi

2015 yilning 9 oy yakunlariga ko‘ra “O‘zbekneftegaz” MXK 24 lokalizatsiya dasturini amalga oshirib, ishlab chiqarish hajmini 45 mlrd so‘mga yetkazishi kutilmoqda. Mahsulot eksporti hajmi 50 ming dollarga yetkaziladi.

Bu ma'lumotlar 17 sentabr kuni O‘zbekiston matbuot va axborot agentligida uyushtirilgan matbuot anjumanida keltirildi.
Ma'lum qilinishicha, keyingi yilda korxona lokalizatsiya dasturining 31 loyihasini amalga oshirib, ishlab chiqarish hajmini 746.48 mlrd so‘mga yetkazadi. Bu 2015 yil darajasiga nisbatan 849.8 foizlik o‘sish bo‘ladi.