Jahon | 20:17 / 30.05.2016
5649
1 daqiqa o‘qiladi

Polshada Rossiya foydasiga josuslik qilgan podpolkovnik 6 yilga mahkum etildi

Varshava okrug harbiy sudi polyak podpolkovnigini Rossiya uchun josuslik qilganlikda aybdor deb topib, olti yillik qamoq jazosiga mahkum etdi, deb xabar qilmoqda RIA «Novosti» agentligi.

«Varshava harbiy sudi Polsha armiyasi ofitseri podpolkovnik Zbignev Yu.ni Rossiya uchun josuslik jinoyatini sodir etganlikda aybdor deb topib, unga 6 yillik qamoq jazosini tayinladi», — deyiladi sud xabarnomasida. 

Qayd etilishicha, hukm 26 apreldayoq o‘qilgan, biroq sudlanuvchi ilgari surilgan ayblov va jazoga o‘z xohishi bilan rozi bo‘lgani sabab shu paytga qadar e'lon qilinmagan. 

Ayrim ma'lumotlarga ko‘ra, Zbignev, Rossiya razvedkasi tomonidan yollangan polyak askarlari ro‘yxatini taqdim etgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish