O‘zbekiston | 19:19 / 25.09.2015
1816
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Yaponiyaning eng yirik turistik ko‘rgazmasida ishtirok etadi

24 sentabr kuni Yaponiya poytaxtida Jata Tourism Expo Japan-2015 xalqaro turistik ko‘rgazmasi ish boshladi. Unda O‘zbekistonning stendi ham taqdim etilgan, deb xabar bermoqda "Rivew.uz".
Milliy ishtirok tashkilotchisi “O‘zbekturizm” MK bo‘ldi. Mamlakat delegatsiyasi tarkibida “O‘zbekturizm”, “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK, Buyuk Ipak Yo’li DUK, “O‘zbekturizm” Samarqand filiali, Marco Polo Central Asia Travel, Megatour, Darvesh Tour Service, Sheherezede Voyages, Samarkand Global Star, SamISI Sayyoh Plus, Sitara International, Anur Tour turistik operatorlar ishtirok etmoqda.
Ma'lumot uchun, JATA Tourism EXPO Japan ko‘rgazmasi Osiyo va Tinch okeani mintaqasida soha bo‘yicha eng yirik ko‘rgazma hisoblanib, 2014 yilda unda 150 mamlakatdan tashrif buyurgan mingdan ortiq eksponent ishtirok etdi. Ko‘rgazmaga 120 ming kishi keldi.