Jamiyat | 17:48 / 28.09.2015
7535
1 daqiqa o‘qiladi

Eron “Muhammad – Allohning elchisi” filmini Oskar mukofotiga nomzod qilib ko‘rsatdi

Eron rejissyor Majid Majidiyning “Muhammad – Allohning elchisi” filmini Oskar mukofotiga nomzod qilib ko‘rsatdi. Film “Chet tilidagi eng yaxshi film” nominatsiyasi bo‘yicha ko‘rib chiqiladi.

Joriy yilda bu nominatsiyaga 67 mamlakat kinoijodkorlari da'vo qilmoqda. Ularning qaysilari tanlovda ishtirok etishi 2016 yil 8 fevral kuni ma'lum qilinadi. Oskar mukofoti topshirilishi marosimi esa 26 fevral kuni bo‘lib o‘tadi.

“Muhammad – Allohning elchisi” filmi “Payg‘ambar Muhammad hayoti” trilogiyasining birinchi qismidir. U epik drama janrida suratga olingan bo‘lib, payg‘ambarning tug‘ilishidan 12 yoshida Shomda uning payg‘ambar bo‘lishini bashorat qilgan xristian rohibi Boxirni uchratishiga qadar bo‘lgan voqealarni tasvirlaydi.