Jamiyat | 08:48 / 06.10.2015
4121
1 daqiqa o‘qiladi

BAAda taksi haydovchisi yo‘lovchining pul va qimmatbaho buyumlarini qaytarib berdi

Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahri politsiyasi yigirma olti yoshli pokistonlik taksi haydovchisi Umar Ajmalning oliyjanobligi uchun maqtov yorlig‘i topshirdi.
Haydovchi ishdan uyga qaytayotganida mashinasining orqa o‘rindig‘ida diplomatni ko‘rib qoladi. Uni ochib ham ko‘rmay shahar nazorat idorasiga murojaat qiladi.
Nozirlar esa uning egasi Saudiya Arabistonidan kelgan ishbilarmon ekanini aniqlashadi. Diplomatni egasiga qaytargach, unda 125 ming real (taxminan 33 ming dollar. – kun.uz) va qimmatbaho buyumlar borligi ma'lum bo‘ldi.
Yosh taksi haydovchisining halolligiga qoyil qolgan saudiyalik ishbilarmon unga katta miqdorda suyunchi hadya qildi.

Manba: muslim.uz