Jahon | 12:14 / 06.10.2015
3429
1 daqiqa o‘qiladi

OAV: Yaman bosh vazirining Adandagi qarorgohi o‘qqa tutilishi oqibatida 12 kishi halok bo‘ldi

Yaman bosh vaziri Xolid Baxaxning mamlakat janubidagi Adan shahrida joylashgan qarorgohi o‘qqa tutilishi natijasida 12 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda CNN telekanali xabar qildi.

Telekanal ma'lumotlariga ko‘ra, halok bo‘lganlar ichida BAA armiyasi askarlari ham bor. Sky Nrws Arabia telekanali xabarida esa bosh vazirning o‘ziga hech qanday ziyon yetmagani aytildi. Avvalroq hukumat rahbari vaqtinchalik joylashgan “Al-Qasr” mehmonxonasi erta tongdan granatomyot orqali o‘qqa tutilgani xabar qilingan edi.

Boshqa arab telakanali Al Arabiya binoda yong‘in kelib chiqqanini ma'lum qildi. Tumanda bir necha marotaba portlash va o‘q ovozlari eshitilgan.
Ayni paytda mehmonxonaga eltuvchi barcha ko‘chalar yopilgan.
Mazkur hujumlar aynan kim tomonidan sodir etilgani to‘g‘risida ma'lumotlar yo‘q.