Jahon | 07:08 / 07.10.2015
5254
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya Mudofaa vazirligi: IShID Suriyada Rossiya aviatsiyasiga bo‘hton ag‘darish uchun masjidlarni portlatishi mumkin

Rossiya Mudofaa vazirligining rasmiy vakili Igor Konashenkov vazirlik IShID jangarilari Palmira va Suriyaning boshqa joylarida Rossiya aviatsiyasini ayblash maqsadida masjidlarni portlatishi ehtimoli mavjudligini istisno qilmayotganini ma'lum qildi. Bu haqda TASS axborot agentligi xabar bermoqda.

"Biz Palmira va boshqa aholi punktlarida terororchilar hozirda ataylab fitna uyushtirayotgani, ya'ni masjidlarni portlatib, so‘ngra Suriyadagi Rossiya aviatsiyasiga bo‘hton ag‘darish maqsadida soxta foto va videomateriallarni namoyish qilishi mumkinligini istisno qilmayapmiz", deb aytdi Konashenkov.

Avvalroq Rossiya aviatsiyasi 20 ta jangovor parvozni amalga oshirib, IShIDning infratuzilmasi, boshqaruv punktlari, jangarilarni tayyorlash lagerlari va jangarilar bazalari kabi 12 ta obektga zarba bergani ma'lum qilingandi.