Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent yog‘-moy kombinati ustav kapitalini 2,6 mlrd so‘mga oshiradi
“Toshkent yog‘-moy kombinati” har birining nominal bahosi 1750 so‘m, umumiy qiymati esa 2,6 mlrd so‘m bo‘lgan 1526876 dona aksiyani muomalaga chiqaradi. Bu haqda kompaniya xabarida so‘z boradi.
Qo‘shimcha aksiyalarning chiqarilishi evaziga muassasa ustav kapitalidagi davlat ulushini 51 foizga qadar kamaytirishni maqsad qilgan. Ayni paytda mazkur ko‘rsatkich 63,16 foizni tashkil etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 28 aprelda qabul qilingan “Iqtisodiyotda xususiy mulkning ulushi va ahamiyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan, mamlakatdagi yetakchi yog‘-moy sanoati muassasasining bir qism aksiyalarini xorijiy investorlarga sotish belgilangan.
Poytaxt kombinati yiliga 134 ming tonna urug‘ni qayta ishlash quvvatiga ega. Muassasada paxta, soya, kungaboqar va maxsar urug‘laridan tozalangan o‘simlik yog‘i, margarin, texnik va ozuqa qattiq yog‘i (salomas), mayonez, spredlar (o‘simlik va jonivorlar yog‘i aralashmasi) va boshqa yog‘-moy mahsulotlari tayyorlanadi.