O‘zbekiston | 12:45 / 22.08.2023
9698
2 daqiqa o‘qiladi

Qashqadaryoda o‘rmon qo‘riqchisi 17 tup archaga shikast yetkazdi

6 tup archa tagidan kesilgan. 11 tup archaning yon shoxlari kesib olingan.

Foto: Qashqadaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi

Qashqadaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi Dehqonobod tuman inspeksiyasi xodimlari tomonidan navbatdagi ekologik nazorat reyd tadbiri o‘tkazilgan.

Tadbir davomida Dehqonobod davlat o‘rmon xo‘jaligi “Kon” o‘rmon bo‘limining Suvlisoy massivi hududida tabiiy holda o‘sib turgan 6 tup Zarafshon archasi tag qismidan, 11 tup archaning esa yon shoxlari kesib tashlangani aniqlangan.

Holat yuzasidan o‘rmon qo‘riqchisi R.J.ga nisbatan MJtKning 79-moddasi, 3-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 3,3 mln so‘m jarima qo‘llangan.

Tabiatga yetkazilgan zarar 18 mln 84 ming so‘m hisoblangan va uni undirish maqsadida hujjatlar tegishli tartibda rasmiylashtirilib, Dehqonobod davlat o‘rmon xo‘jaligiga o‘tkazilgan.

Eslatib o‘tamiz, prezidentning 2021 yil 30 dekabrdagi farmoni bilan, O‘zbekiston hududida daraxtlarni kesishga moratoriy muddatsiz davrga uzaytirilgandi. Unga ko‘ra, tartibni buzganlik uchun jarimalar 5 barobarga oshirilgan, yetkazilgan zarar 2 baravar qilib undirilishi belgilangandi. 

Ғайрат Йўлдошев
Tayyorlagan Ғайрат Йўлдошев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid