Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda biologik aktiv qo‘shimchalar ishlab chiqarish hajmi kengaytiriladi
O‘zbekistonda keyingi 2 yil ichida biologik aktiv qo‘shimchalar (BAD) ishlab chiqarish sohasini yanada rivojlantirish hamda mahalliy xomashyo asosida shunday mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalar tashkil etish rejalashtirildi.
Bunday korxonalar tashkil etilishi bilan "Uzfarmsanoat", "Dori-darmon" kompaniyasi va Sog‘liqni saqlash vazirligi shug‘ullanadi.
Sputnik nashri xabariga ko‘ra, bugungi kunda O‘zbekistonda 70dan ortiq xildagi dori vositalari va biologik aktiv qo‘shimchalar ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan 100ga yaqin korxona faoliyat ko‘rsatmoqda. 20dan ortiq farmatsevtik kompaniya dunyoning 30dan ortiq mamlakatiga dori vositalari va tibbiy mahsulotlar yetkazib beradi.
Toshkentdagi Biorganik kimyo va Kimyo institutlari xodimlari O‘zbekiston fanlar akademiyasi hamda Toshkent farmatsevtika instituti bilan hamkorlikda biologik aktiv qo‘shimchalar bo‘yicha tadqiqotlar olib borishmoqda.
Keyingi 20 yil ichida tadqiqotchilar 30ga yaqin dori vositalari ishlab chiqishgan. Ularning ishlari korxonalar tomonidan hayotga tatbiq qilingan.