Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukrainada Rossiyada suratga olingan “Brigada” seriali taqiqlandi
Ukrainada Rossiyada suratga olingan “Brigada” serialining namoyishi man qilindi, deb xabar berdi Ukrainaning kino masalalari bo‘yicha agentligiga iqtibos keltirgan holda “112 Ukraina” kanali.
2015 yilning sentabr-oktabr oylarida hammasi bo‘lib “Sindrom drakona”, “Tolko ty” seriallarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish rad etildi, “Ulitsy razbityx fonarey-5”, “My iz budushchego”, “Istoriya letchika”, “Brigada”, “Oxota na piranyu (Piranya)”, “Konvoy PQ-17”, “Stanitsa” filmlarining davlat qaydlovi va prokat guvohnomalari bekor qilindi.
Ukraina kino masalalari bo‘yicha agentligi raisi Filipp Ilenkoning aytishicha, bu choralar nafaqat rossiyaparast tashviqotga qarshi kurashishga yordam berishi, balki Ukrainada sifatli kino va telekontentni ishlab chiqarishni rag‘batlantirishi kerak.
Eslatib o‘tamiz, “Brigada” seriali ilk bor 2002 yilda Rossiya televideniyesida namoyish qilingan bo‘lib, 15 seriyadan iborat. Serialda jinoyatchilik guruhini tuzgan 4 ajralmas do‘st voqeasi aks ettirilgan.