Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Husniddin Norbekov Dohadagi JChda oltin medalga sazovor bo‘ldi
30 oktabr kuni O‘zbekiston Paralimpiya tarixida yengil atletika bo‘yicha Jahon chempionatida sportchimiz Husniddin Norbekov disk otish bahslarida 53.81 natija bilan oltin medalni qo‘lga kiritdi va Jahon chempioni degan unvonga sazovor bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston milliy paralimpiya assotsiatsiyasi matbuot xizmati Kun.uz saytiga ma'lum qildi.
Ushbu natijasi bilan Husniddin Norbekov 2012 yil Buyuk Britaniyaning London shahrida bo‘lib o‘tgan XIV Paralimpiya o‘yinlari g‘olibi xitoylik Xia Dong va 2013 yil Fransiyaning Lion shahri mezbonlik qilgan yengil atletika bo‘yicha Jaxon chempionati g‘olibi ukrakinalik Zabnyak Mikoladan ham ustunlik qildi.
Eslatib o‘tamiz, Qatar poytaxti Doha shahri mezbonlik qilayotgan Jahon chempionatida 100 davlatdan 1300 dan ortiq sportchilar ishtirok etmoqda.