Pensiya va nafaqa to‘lash 4 oktyabrdan boshlab amalga oshiriladi - Pensiya jamg‘armasi
Oktabr oyi uchun beriladigan pensiya va nafaqa to‘lovlari naqd pul shaklida 4 oktabr sanasidan boshlab amalga oshiriladi. Bu haqda Pensiya jamg‘armasi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, O‘zbekiston Mehnat kodeksining 131-moddasiga muvofiq 1 oktabr - "O‘qituvchi va murabbiylar kuni" hamda 2 va 3 oktabr - shanba va yakshanba kunlari dam olish kuni hisoblanadi.
Qayd etilishicha, oktabr oyi uchun beriladigan pensiya va nafaqa to‘lovlari naqd pul shaklida 4 oktabr sanasidan boshlab amalga oshiriladi hamda belgilangan muddatlargacha to‘lanishi ta'minlanadi.
Shuningdek, pensiya va nafaqa to‘lovlarini naqd pulsiz shaklda oluvchi fuqarolarga mablag‘lar 4-5 oktabr kunlari ularning bank plastik kartalariga yuklanishi ta'minlanadi.
Mavzuga oid
17:43 / 05.12.2024
Hukumat qonundan tashqari 10 trln so‘m xarajat qilgan. Deputatlar 9 daqiqada bu xarajatlarni qonunga kiritib berdi
07:50 / 28.10.2024
Fuqaroga nafaqa qilib berishni va’da qilgan tibbiyot xodimi pora bilan ushlandi
20:56 / 20.10.2024
9 oyda ish haqi va nafaqa pullaridan 5,2 mlrd so‘m talon-toroj qilingani ma’lum qilindi
11:10 / 03.10.2024