Oliy Majlis Qonunçilik palatasining 3 dekabr kungi majlisida 2024 yil uçun davlat budjeti töğrisidagi qonunga özgartişlar kiritildi. Unda davlat xarajatlarini köpaytiriş nazar tutilgan.

Özgarişlarga köra, davlat organlarining xarajatlari qöşimça ravişda 9,98 trln sömga oşiriladi. Natijada davlat budjeti xarajatlari amalda tasdiqlangan 255,4 trln sömdan 265,4 trln sömga köpaytiriladi.

Majlisga yiğilgan deputatlarning barçasi özgarişlarni yoqlab ovoz berdi. Tuzatişlarni körib çiqiş palata yalpi majlisida jami 9 daqiqa davom etdi. Şundan 5 daqiqasi iqtisodiyot va moliya vazirining örinbosari Ahadbek Haydarovning nutqiga sarflandi.

“Talab yuqoriligi sababli ta’lim kreditlarini moliyalaştiriş jamğarmasiga ajratiladigan transfertlar miqdori 841 mlrd sömga oşirilyapti. Prezident qaroriga asosan, allergik va ikkilamçi immunitet tanqisligi kasalliklariga çalingan Ijtimoiy himoya yagona reyestriga kiritilgan bemorlar uçun ingalyatsion dorilarni bepul tarqatiş bilan boğliq xarajatlar uçun qöşimça 30 mlrd söm ajratilyapti. Şuningdek, madaniyat va san’atni rivojlantiriş, moddiy-texnika bazasini mustahkamlaş, şuningdek, Madaniyat vazirligining markaziy apparati va hududiy bölinmalarini moddiy rağbatlantiriş uçun qöşimça 100 mlrd söm, isitiş mavsumida ehtiyojmand oilalarga bir martalik yordam tölovlari va elektr energiyasi va gaz narxlarining bazaviy me’yoridan oşganligi örtasidagi farqning örnini qoplaşga kompensatsiya uçun 592 mlrd söm, mahallalardagi eng dolzarb infratuzilma masalalarini hal etiş uçun esa 1 trln 344 mlrd söm qöşimça mablağ ajratilgan”, – dedi vazir örinbosari.

Haydarovning qöşimça qilişiça, budjet taşkilotlaridagi vakant lavozimlar va samarasiz yoki bir-birini takrorlovçi ştat birliklarini qisqartiriş hisobiga 1 trln söm miqdoridagi xarajatlarni maqbullaştiriş taklif etilyapti.

Örnatilgan mezonlarni qayta körib çiqiş natijasida bolalar nafaqalari va moddiy yordamdan 2 trln söm tejalişi közda tutilgan.