Texnologiya | 22:24 / 04.11.2015
3371
2 daqiqa o‘qiladi

Finlyandiyada keksa kishilar uchun mobil novigator ishlab chiqildi

Finlyandiyada olti mamlakat olimlari sa'y-harakatlari natijasida keksa kishilar uchun mobil navigator ishlab chiqildi. Bu haqda Finlyandiya texnologiya tadqiqotlari markazi VTT xabar bermoqda.

Kompyuterda ham, mobil telefonda ham bir xil ishlaydigan ushbu ilova keksa kishilarning jamoatchilik transportlarida erkin harakat qilishlari uchun ishlab chiqilgan. Uning qulaylik tarafi shundaki, u foydalanuvchiga o‘zi qatnaydigan yo‘nalishdagi transport vositasi haqida batafsil ma'lumot beradi. Uning qachon kelishi haqida xabardor etib turadi. Ushbu yo‘nalishda qatnovchi avtobuslar jadvalini eslatib turadi.

Texnologiya Xelsinki, Vena va San-Sebastyanda muvaffaqiyatli sinovdan o‘tdi. U qay reja asosida ixtiro qilingan bo‘lsa, shu asnoda ishladi. Bundan tashqari, qurilma ilk marta uchratiladigan va notanish yo‘nalishdagi transportlar uchun ham qulay keldi.
Ushbu xizmat 2017 yilda ishga tushirilishi kutilmoqda. Hozircha esa VTT o‘z kashfiyotini bozorga chiqarish maqsadida homiy qidirmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish