Texnologiya | 15:29 / 06.11.2015
13450
1 daqiqa o‘qiladi

Lada XRay’ning tashqi ko‘rinishi oshkor etildi

Rossiyaning “AvtoVAZ” avtokonserni Lada Xray modelining tashqi ko‘rinishini rasman oshkor qildi. Uning rasmlari internet nashrlariga yo‘llandi.
“Lada Xray – SUV uslubida ishlangan kompakt xetchbek.

Avtomobil Lada’ning yangi Vesta’dan keyingi X-uslubida ishlangan ikkinchi modeli bo‘ladi. Avtomobil Renault — Nissan alyansi bilan hamkorlik doirasida yaratilgan. Uning tarkibida 500dan ortiq original detallar bor”, - deyiladi xabarnomada.

Dastlab mashinaning 180 dona sinov nusxalarini chiqarish rejalashtirilmoqda. Ayni paytda ulardan 109tasi tayyor bo‘lgan.
Modelning seriyali ishlab chiqarilishi 39 kundan so‘ng – 15 dekabrdan boshlanadi. Sotuvlar 2016 yil fevralidan boshlanadi.