Jamiyat | 18:23 / 07.11.2015
18504
2 daqiqa o‘qiladi

Amerikalik ayol o‘z homiladorligi haqida tug‘ruq jarayoni boshlanishi arafasida bildi

AQShning Massachusets shtatida noodatiy voqea ro‘y berdi.

Metro nashrining xabar qilishicha, 47 yoshli ayol o‘zining homiladorligi haqida tug‘ruq jarayoni boshlanishiga 1 soat qolganida xabar topgan.

U tanasidagi kuchli og‘riq tufayli shifoxonaga olib borilganida shifokorlar unga kutilmagan tashxis qo‘yishgan.

"Shifokor meni ko‘rib qo‘ygach, "ajoyib xushxabar" haqida aytdi.

"Ajoyib yangilik bor. Sizning sog‘lig‘ingiz joyida. Siz homiladorsiz va birozdan keyin tug‘ruq boshlanadi", deya eslaydi Judi xonim.

1 soatdan keyin u o‘zining ilk farzandini dunyoga keltirgan.

Yangi tug‘ilgan chaqaloqning vazni 3,6 kg vaznga teng edi va unga Karolin Rouz deya ism berishgan.

Judi xonimning aytishicha, u o‘z tanasidagi o‘zgarishlarni keksayish tufayli deb bilgan edi.

Ma'lum bo‘lishicha, u o‘z turmush o‘rtog‘i Jyeyson bilan 22 yildan buyon birga yashab kelmoqda va ular hamisha o‘z farzandlari bo‘lishini orzu qilishgan.