Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avstraliyada "dunyoning eng qari ko‘ppagi" yashamoqda
Avstraliyaning Viktoriya shtatida "dunyoning eng qari ko‘ppagi" yashayotgani aniqlandi. Bu haqda Metro nashri ma'lum qilgan.
Ushbu jonivorning necha yoshga kirgani aniq emas.
Meggi laqabli, avstraliya kelpi zotiga mansub ushbu itning xo‘jayini tomonidan aytilishicha, uning yoshi 30dan oshgan (200 yoshli insonga teng).
Meggi ayni vaqtda kunlarini hovlida mudrash va o‘z xo‘jayini Brayan Maklarenning yonida fermani aylanish bilan o‘tkazmoqda.
Uning yoshi nechadaligini isbotlash ilojsiz, unga tegishli hujjatlar yo‘qolgan.
Veterinar Jyek Eyyerbi Meggi chindan ham aytilgan yoshga kirgan bo‘lishi mumkinligini ta'kidlagan. U veterinariya erishgan yutuqlar bunga imkon berishini qo‘shimcha qilib o‘tgan.
Shu vaqtgacha, 1939 yilda 29 yoshida o‘lgan Blyui laqabli avstraliya pastushyasi dunyoning eng ko‘p umr ko‘rgan iti sifatida qayd etilgandi.