Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Marhum siyosatchi Boris Nemtsovning qizi Germaniyada otasi nomidagi jamg‘arma tashkil etilganini ma'lum qildi
Germaniyada marhum rossiyalik muholifatchi siyosatchi Boris Nemtsov nomida jamg‘arma tashkil etildi, deb xabar bermoqda siyosatchining qizi Janna Nemtsova o‘zining feysbukdagi sahifasida.
“Germaniyada ozodlik uchun Boris Nemtsovning jamg‘armasi yaratildi. Jamg‘armaning ijrochi direktori Olga Shorina bo‘ladi”, deb yozdi Janna Nemtsova.
Janna Nemtsovaning aytishicha, Shorina uzoq vaqt davomida otasining “o‘ng qo‘li” va fikrdoshi bo‘lgan.
“Jamg‘armaning vazifasi otamning ishini Germaniya va Rossiya qonunchiligiga to‘liq moslikda davom ettirishdan iborat. Jamg‘armaning faoliyati mening davlatim erkin bo‘ladigan lahzalarni yaqinlashtiradi, deb umid qilaman. Va biz yana vatanimizga qayta olamiz”, deb yozdi Nemtsova.
Avvalroq Nemtsovning qizi unga bildirilayotgan tahdidlar tufayli xorijga ketgani ma'lum qilingandi.
Boris Nemtsov joriy yilning 28 fevralida kechki payt Moskva markazidagi Katta Moskva ko‘prigida otib ketilgan.