Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdogan: “yigirmatalik” moliyaviy doirasi terrorizmning belini sindira oladi
Terrorizmga qarshi samarali kurash uchun yoshlar o‘rtasida ishsizlikni kamaytirish kerak. Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an “yigirmatalik”ning mehnat va bandlik bo‘yicha ishchi guruhi majlisida ushbu fikrlarni bildirib o‘tdi.
“Dunyo moliyaviy doirasining yoshlar o‘rtasida ishsizlik sohasini qo‘llab-quvvatlashini aniqlashtirish olish lozim. Agarda dunyo moliyasi shu ish bilan shug‘ullansa, biz terrorizmning belini sindira olamiz. Men mazkur tashabbusni qo‘llab-quvvatlayman”, - dedi u.
Erdogan Turkiya eng kam va o‘rtacha oylik ish haqini ko‘tarish sohasida jiddiy natijalarga erishganini qayd etdi. “Samarali iqtisodiyot va bandlik siyosatining muvaffaqiyatli joriy etilishi uchun xodimlar va ish beruvchilar o‘rtasida yaqin ijtimoiy munosabatlar asosiy shartlardan hisoblanadi. G20 maydonida bunga erishiladi”, - dedi Turkiya rahbari.
Eslatib o‘tamiz, 2015 yilning 15-16 noyabr kunlari Turkiyaning Antaliya provinsiyasidagi Belek kurort shaharchasida “katta yigirmatalik” mamlakatlari yetakchilarining sammiti bo‘lib o‘tadi. Unda dunyoning iqtisodi taraqqiy etgan va rivojlanayotgan 20 mamlakati rahbarlari global iqtisodiyot va moliyaviy hamkorlik masalalarini muhokama qilishadi.