Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 10:50 / 18.11.2015
2358
1 daqiqa o‘qiladi
Eyfel minorasi yaqinida bomba qo‘yilgani haqidagi xabar tasdiqlanmadi
Parij shahridagi Eyfel minorasida portlash amalga oshirilishi mumkinligi haqdagi ma'lumot tasdiqlanmadi. Bu haqda Parij politsiyasiga asoslanib, RIA Novosti nashri xabar tarqatgan.
Manbaning aytishicha, yaqin vaqt ichida minora hududida tashkil qilingan politsiyachilar halqasi olib tashlanadi.
Biroz oldinroq, terakt xavfi tufayli Eyfel hududi politsiyachilar tomonidan o‘rab olingani xabar qilingandi.
Parijdagi teraktlardan keyin 14 noyabr kuni Eyfel minorasiga chiqish taqiqlab qo‘yilgan.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish