Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
DM: Indoneziya o‘lim jazosiga vaqtinchalik moratoriy joriy etadi
Indoneziya hukumati mamlakatda o‘lim jazosiga vaqtinchalik moratoriy (cheklov) joriy etilishi to‘g‘risida e'lon qildi, deya xabar berdi Daily Mail nashri.
Bu haqda 19 noyabrda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida mamlakat bosh vaziri Luxut Panjyeytan e'lon qidi. U bunday qaror hukumatga boshqa muammolar, birinchi navbatda iqtisodiy masalalarni hal etishga yordam berishini ta'kidlab o‘tdi. Chunki so‘nggi ikki chorakda mamlakatning iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichlari besh foizga kamaydi. Vazirning qo‘shimcha qilishicha, Indoneziya kambag‘al infratuzilmalarni qayta tiklash uchun sarmoyalarga kuchli ehtiyoj sezmoqda.
Qayd etilishicha, o‘lim jazosining bekor qilinishi to‘g‘risidagi qaror narkotik moddalar savdosida aloqador deb topilgan 8 nafar xorijlik qatl qilinganidan yetti oy o‘tib qabul qilindi.
Bundan avvalroq esa Indoneziyaning narkotik moddalarga qarshi kurash agentligi orolda giyohvand moddalar savdosiga aloqadorligi sababli umrbod qamoq jazosiga hukm etilganlarni timsohlar qo‘riqlaydigan qamoqxona qurishni tavsiya qilgan edi.