Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
ASeAN davlatlari yagona hamjamiyat yaratish haqida kelishuv imzoladi
Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari uyushmasi (ASeAN) Kuala-Lumpurda 2015 yil 31 dekabridan yagona hamjamiyat yaratish haqidagi deklaratsiyani imzoladi.
10 davlat yetakchilari mintaqa davlatlarining yaqin 10 yillik rivoji uchun reja bo‘lmish “ASeAN: Nigoh-2025” deklaratsiyasini hamda “ASeAN yagona hamjamiyatini yaratish bo‘yicha deklaratsiya”ni ma'qulladi.
ASeAN yo‘riqnomasiga ko‘ra, yagona mintaqaviy hamjamiyatning yaratilishi 2015 yilning 31 dekabridan kechikmasligi lozim. Bu birlashmaning asosini tashkil qiluvchi holatlar uch yo‘nalishda daxldordir: siyosiy barqarorlik va xavfsizlikning ta'minlanishi, kuchli iqtisodiyot qurish va ijtimoiy-madaniy sohani rivojlantirish.