Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
GM Powertrain Uzbekistan yiliga 225 ming dona dvigatel ishlab chiqaradi
GM Powertrain Uzbekistan qo‘shma korxonasi yengil avtomobillar uchun yiliga 225 ming dona dvigatel ishlab chiqaradi.
Mazkur ma'lumot AQShning Toshkentdagi elchixonasi tomonidan tashkil etilgan matbuot anjumanida korxonaning bosh direktori Jyennifer Bigelou tomonidan e'lon qilindi.
Uning xabar berishicha, 2011 yildan buyon O‘zbekistonda muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatib kelayotgan korxonada ishchi hajmi 1,2 va 1,5 litrni tashkil etuvchi ikkinchi avlod B-DOHC dvigatellari ishlab chiqarilmoqda.
Qo‘shma korxona ustav fondining 48 foizi “O‘zavtosanoat” AK hissasiga to‘g‘ri kelsa, “General Motors” – 52 foizga egalik qiladi.
“GM Powertrain Uzbekistan” Andijon viloyatida Asaka shahridagi asosiy avtoyig‘uvchi konveyerga “Chevrolet Spark”, “Chevrolet Cobalt”, “Chevrolet Lacetti” (“Chevrolet Gentra”) kabi avtomobil markalari uchun dvigatellar yetkazib bermoqda, deb yozadi Review nashri.
O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan 5 foiz quvvat agregatlari AQShga eksport qilinmoqda, deya qayd etdi Jyennifer Bigelou.