12:05 / 22.09.2022
6855

O‘zbekistonda ta’lim, sud, tadbirkorlik, tibbiyot, suv ta’minoti bo‘yicha murojaat va takliflarni qabul qilish boshlandi

Ta’lim, sud, tadbirkorlik, tibbiyot va suv ta’minoti. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev yaqin yillarda mamlakatni rivojlantirish strategiyasi etib, ana shu eng og‘riqli va asosiy yo‘nalishlarni tanladi. 

Foto: Shutterstock

Ushbu sohalardagi muammolarni hal etishda fuqarolar ham ishtirok etishi mumkin.

Agar sizda ushbu sohalardagi muammolarni hal etishga qaratilgan yoki boshqa masalalarga oid takliflar bo‘lsa, ularni taklif2023.uz sayti hamda @taklif2023_bot manzili orqali yuboring.

Ma’lum qilinishicha, Prezident administratsiyasi takliflarni qabul qilishga tayyor. Yuborilgan takliflarning barchasi maxsus ishchi guruh tomonidan o‘rganib chiqiladi.

Top