“Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oşiriş hamda ixçam boşqaruv tizimini şakllantiriş töğrisida”gi prezident farmoni qabul qilindi.
2024 yil 1 iyuldan 2026 yil 1 iyulgaça huquqiy eksperiment tariqasida Toşkent şahrida qonunçilik hujjatlariga muvofiq bölmagan ayrim davlat xizmatlarini körsatiş böyiça ma’muriy hujjatlarni sudgaça körib çiqişning yangi tartibi joriy etiladi.
Huquqiy eksperiment doirasida:
- Adliya vazirligi huzurida Oliy apellyatsiya kengaşi va Toşkent şahar adliya boşqarmasi huzurida Apellyatsiya kengaşi taşkil qilinadi;
- apellyatsiya kengaşlari ma’muriy organlarning qonunçilik hujjatlariga muvofiq bölmagan davlat xizmatlarini körsatiş sohasidagi ma’muriy hujjatlarini sudgaça körib çiqiş natijasida uşbu hujjatlarni özgartiriş, qisman yoki töliq bekor qiliş töğrisida qarorlar qabul qiladi, bundan qonunçilikka muvofiq faqat sud tartibida bekor qilinadigan yoki özgartiriladigan hujjatlar mustasno;
- ma’muriy organlarning qonunçilik hujjatlariga muvofiq bölmagan davlat xizmatlarini körsatiş sohasidagi ma’muriy hujjatlarini apellyatsiya kengaşlari tomonidan körib çiqiş manfaatdor şaxslarning şikoyatlari hamda davlat xizmatlarini körsatişni monitoring qiliş natijalariga köra amalga oşiriladi;
- apellyatsiya kengaşlarining qarorlari E-qaror elektron tizimida e’lon qilib boriladi, şuningdek, ma’muriy şikoyat böyiça ma’muriy iş yurituvi iştirokçilariga belgilangan tartibda ma’lum qilinadi va ma’muriy organlar tomonidan ularning bajarilişi majburiy hisoblanadi;
- apellyatsiya kengaşlarining qarorlari yuzasidan manfaatdor şaxs tomonidan sud tartibida şikoyat qilinişi mumkin, ma’muriy organlar uçun mazkur qarorlar qat’iy hisoblanadi va ularning ustidan şikoyat qilinişi mumkin emas.







