«Dolzarb qirq kunlik» doirasida ötkazilgan tergov-tezkor harakatlar davomida jinoyat sodir etganlikda gumonlanib uşlangan jinoyat olami vakili 1985 yilda tuğilgan Buzrukov Buzruk Akmaloviçga nisbatan sud jarayoni boşlangan.

B.Buzrukov bilan birgalikda uning yana bir jinoyat şerigi Doniyor Ibragimov ham sud qilinmoqda.

Har ikkala sudlanuvçi ham tergovda Jinoyat kodeksining 165-modda 3-qismi a-bandi (tovlamaçilik), 168-modda 3-qismi b-bandi, 4-qismi a-bandi (firibgarlik) va 277-modda 3-qismi a-bandi (bezorilik) bilan ayblangan.

Jinoyat işida 4 nafar fuqaro jabrlanuvçi sifatida jalb etilgan.

Ma’lumot uçun, Buzrukov Buzruk Akmaloviç 2023 yil 5 dekabr kuni «Dolzarb qirq kunlik» doirasida ötkazilayotgan tergov-tezkor harakatlar davomida uşlangandi. 

«Buzruk» laqabli uşbu şaxsning instagramdagi sahifasida 130 mingdan ortiq öquvçi bölib, u sahifasida haşamatli hayotidan lavhalarni joylab borardi.