Jahon | 21:07 / 28.11.2015
7845
1 daqiqa o‘qiladi

Yevropadagi musulmonlar soni 44 millionga yetdi

Pew tadqiqotlar markazining ma'lumotlariga ko‘ra, Yevropada musulmonlar soni 44 millionga yetdi, Yevropa ittifoqining o‘zida 19 million. Musulmonlar eng ko‘p istiqomat qiladigan mamlakat Rossiya bo‘lib, 14 million yoki mamlakatning 10 foizini tashkil qiladi.

Yevropa ittifoqida eng ko‘p musulmonlar yashaydigan mamlakatlar bu Fransiya va Germaniyadir. Buyuk Britaniyada esa 2,9 million musulmon yashaydi, Daily Mail.
Umumiy nufuzga nisbatan hisobalanadigan bo‘lsa, bu yerla Fransiya peshqadamdir. Fransiyaning umumiy aholisining 7,5 foizi musulmonlardir, tahminlarga ko‘ra 2030 yili bu ko‘rsatkich 10 foizga yetishi mumkin ekan. Niderlandiyada musulmonlar 6 %, Belgiyada 5,9%, Germaniyada – 5,8%, Buyuk Britaniyada – 4,8% tashkil qiladi.

Parijga to‘xtaladigan bo‘lsak, shahar va shahar atrofida Yevropa Ittifoqida eng yuqori ko‘rsatkich 1,7 millionga yaqin musulmon istiqomat qiladi, deb xabar qildi info.islom.uz.