Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport | 09:18 / 29.11.2015
8321
1 daqiqa o‘qiladi
Fyuri: Klichko buyuk chempion edi, lekin yangi davr boshlandi
Kecha Vladimir Klichko ustidan g‘alaba qozongan britaniyalik bokschi Tayson Fyuri boksda yangi davr boshlanganini ta'kidlab o‘tdi.
“Klichko buyuk chempion edi, lekin hammaning o‘z davri bor. Bugun yangi asr boshlandi”, - dedi u VVS bilan muloqot chog‘ida.
“Men o‘zimga ishonardim, ammo boshqalar menga teskarisini uqtirishga intilardi. Faqat jamoam va oilam buni qila olishimga ishonardi”, - so‘zida davom etdi yangi jahon chempioni.